Xitoydan buyurtma qiling, uyingizda qabul qiling

Ayollar uchun Xitoydan tanlangan kiyimlar

Kanalimizdagi tovarni tanlang, shu yerda buyurtma bering va posilkangiz qayerdaligini trek-kod orqali kuzating.

Koʻylak, ustki kiyim va toʻplamlar — rasmi, oʻlchami va narxi bilan. Buyurtma bering, posilkangizni trek-kod bilan kuzating.

Katalogni ochish
QayerdanXitoy
QayergaOʻzbekiston
Trek-kod AZ-240915
  1. Qabul qilindi
  2. Xitoy omborida
  3. Toshkent omborida
  4. Topshirildi
Toshkentga6–8 kun

Katalog

Tovarlar yuklanmoqda…

Ayollar uchun alohida boʻlimKoʻylak, ustki kiyim va toʻplamlar — ayol admin bilan Ochish

Buyurtma qanday amalga oshadi

  1. 1

    Tovarni tanlang

    Katalogdan yoki kanalimizdan. Kerakli tovar yoʻq boʻlsa, rasmini yuboring — Xitoydan topib beramiz.

  2. 2

    Tovar narxini toʻlang

    Kartaga oʻtkazing va chek rasmini ilova qiling. Biz tovarni Xitoydan siz uchun sotib olamiz.

  3. 3

    Posilka yoʻlga chiqadi

    Avia yoki avto cargo orqali. Qayerdaligini trek-kod bilan shu saytda koʻrib turasiz.

  4. 4

    Qabul qiling

    Posilka kelganda cargo haqini toʻlab, tovaringizni olasiz.

Qancha toʻlaysiz

Buyurtma berganda Tovar narxi

Katalogda koʻrsatilgan narx. Kartaga oʻtkaziladi.

Tovar kelganda Cargo $10 / kg

Posilka Xitoy omborida tortiladi. Faqat oʻz tovaringiz vazni uchun toʻlaysiz.

Buyurtmangiz qayerda?

Buyurtma berganingizda olgan trek-kodni kiriting.

Katalogda yoʻqmi?

Tovar rasmini yoki skrinshotini yuboring. Xitoydan narxini topib, siz bilan bogʻlanamiz.

Oʻlchamni qanday tanlash kerak

Boʻyingiz va vazningizga qarab tanlang. Jadval taxminiy: koʻpchilikka mos keladi, lekin gavda tuzilishi har xil.

Kengroq kiyim yoqtirsangiz, bir oʻlcham kattasini oling.

Santimetr lentasi bilan oʻlchang: koʻkrak — eng keng joyidan, bel — eng tor joyidan, son — eng keng joyidan. Postlardagi 46, 48, 50 kabi raqamlar — rus oʻlchami.

Xitoy kiyimlari odatda kichikroq keladi. Ikkilansangiz, bir oʻlcham kattasini oling yoki adminga yozing — maslahat beradi.

Ayollar kiyimi oʻlchamlari jadvali
OʻlchamRusKoʻkrakBelSonVazn, kg
S42–4482–8664–6888–9245–52
M44–4686–9068–7292–9652–58
L46–4890–9472–7696–10058–65
XL48–5094–9876–80100–10465–72
2XL50–5298–10280–84104–10872–80
3XL52–54102–10684–88108–11280–88
4XL54–56106–11088–92112–11688–95

Koʻkrak, bel va son — santimetrda. Jadvalni yon tomonga surish mumkin.

Kiyim oʻlchamlari jadvali
BoʻyVazn, kgOʻlcham
150–165 sm40–48M
155–170 sm48–55L
165–175 sm57–65XL
170–180 sm65–722XL
175–185 sm72–823XL
175–190 sm82–904XL
175–190 sm90–1005XL

Mijozlar fikri

Koʻp soʻraladigan savollar

Cargo narxi qanday hisoblanadi?

Hozir 1 kg uchun $10 / kg. Posilka Xitoydagi omborga kelganda tortiladi va siz faqat oʻz tovaringizning vazni uchun toʻlaysiz. Cargo haqi tovar Oʻzbekistonga kelganda olinadi.

Tovar necha kunda keladi?

Odatda Toshkentga 6–8 kun, viloyatlarga 10–13 kun ichida yetib boradi. Yoʻldagi vaziyatga qarab muddat biroz oʻzgarishi mumkin.

Pulim kuyib qolmaydimi?

Tovar Xitoydan chiqmay qolsa yoki yoʻlda yoʻqolsa, pulingiz toʻliq qaytariladi. Har bir buyurtmaning holatini trek-kod orqali shu saytda koʻrib turasiz.

Toʻlovni qanday qilaman?

Buyurtmaning oxirgi bosqichida Uzcard va Humo karta raqamlari chiqadi. Pulni oʻtkazib, chek rasmini ilova qilasiz. Admin toʻlovni tasdiqlagach, buyurtma yoʻlga chiqadi.

Roʻyxatdan oʻtish shartmi?

Yoʻq. Buyurtmani roʻyxatdan oʻtmasdan berib, trek-kod bilan kuzatishingiz mumkin. Kabinet ochsangiz, barcha buyurtmalaringiz va admin bilan yozishmangiz bir joyda turadi.

Parolimni unutdim. Nima qilay?

Adminga Telegramda yozing — telefon raqamingizni tekshirib, yangi parol beradi.

Savolingiz bormi? Telegramda yozing, tez javob beramiz

Buyurtma berish

  1. Tovar
  2. Yetkazish
  3. Toʻlov

Soni
Jami

Kabinet

Parolni unutdingizmi? Adminga yozing

Kabinet

Buyurtmalarim

Tovarni topib beramiz

Rasm yoki skrinshot yuboring. Admin Xitoydan narxini aniqlab, siz bilan bogʻlanadi.

Fikr qoldirish

Bahoyingiz

Fikrlar tekshiruvdan soʻng saytda chiqadi.